"Oqila onalar davrasi" nomli davra suhbati ham tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan A.Navoiy MFY dagi ko'chma kutubxonadan xabar olindi. Tashrif davomida kitobxon onalar ishtirokida "Oqila onalar davrasi" nomli davra suhbati ham tashkil qilindi. Tadbirda Ahmad Lutfiy Qozonchining " O`gay ona" asari taqdimot qilinib, asar mazmuni, undagi kechinmalar, qahramonlar hayoti va muhim voqealar xususida kitobxon onalarga aytib o`tildi. Shuningdek tadbir ishtirokchilari asar borasida qiziqtirgan savollariga javob oldilar.