Oqila ayollar ishtirokida " Kitobxon onalar " shiori ostida " Oqila ayol ma'naviyat ko'zgusi " nomli davra suhbati tashkil etildi.
Tarbiya uydan boshlanadi, oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada farzand ham kitobga oshno bo’ladi, o’zida barkamol shaxs hislatlarini namoyon qilishga harakat qiladigan farzand bo’lib voyaga yetadi. Shu munosabat bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda tuman Ma'navyat va madaniyat markazi bilan hamkorlikda Manas MFY dagi 5 - umumiy o'rta ta'lim maktabida mahalla ayollari faol xotin - qizlar , uy bekalari, oqila ayollar ishtirokida " Kitobxon onalar " shiori ostida " Oqila ayol ma'naviyat ko'zgusi " nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida xodimlar tomonidan kutubxona haqida ma'lumotlar berildi va Chingiz Aytmatovning " Jamila " qissasi , Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" asarlari taqdimoti boʻlib oʻtdi va shu bilan birga adabiyotlar ko'rgazmasi ham tashkil etildi.