"Ona Vatan himoyachilari" nomli videoroliklar tanlovi g`oliblari taqdirlandilar.
Doʻstlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Ona Vatan himoyachilari" nomli videoroliklar tanlovi tashkil qilindi. Tanlovda 60 dan ziyod ishtirokchilar o`z videoroliklari bilan qatnashishdi. Tanlov yakuniy natijalariga ko`ra 5 nafar ishtirokchi g`olib deb topilib, ularga Do`stlik tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan elektron kitoblar jamlanmasi, diplom va esdalik sovg`alar topshirildi va qolgan barcha ishtirokchilarga online sertifikat taqdim etildi.