"Ona Vatan himoyachilari" nomli videoroliklar tanlovi
"Ona Vatan himoyachilari" nomli videoroliklar tanlovi
Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar kitobsevar do'stlar. Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yana bir sovrinli video tanlovlar loyihasiga start beradi.
Tanlov shartlari oddiy, Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan davomiyligi maksimum 3 daqiqadan iborat videorolik tayyorlaysiz. So'ngra uni quyidagi manzilga yuborasiz.
Siz yuborgan videorolik Do'stlik tuman AKM mas'ul xodimlari tomonidan ko'rib chiqiladi va yuborilgan videoroliklardan 5 tasi tanlab olinadi.
Videorolik tayyorlayotganizda quyidagi jihatlarga ya'ni Video sifatiga, tanlov mavzusiga mosligiga, musiqiy voqealikka asoslangan,she'riy-matn yoki bayramona ko'rinishida bo'lishi va eng asosiysi tayyorlangan videorolik 3 daqiqadan oshmasligiga alohida e'tibor qarating.
G'oliblar Do'stlik tuman AKM tomonidan ishlab chiqilgan yangi elektron kitoblar jamlanmasi, diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
Tanlov 8-yanvardan 13-yanvar 09:00 ga qadar davom etadi. Shoshiling g'olib aynan siz bo'lishingiz mumkin