"Ona tilim jon-u dilim" nomli tadbir tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxonlar klubi a`zolari ishtirokida 21-oktabr "O‘zbek tiliga davlat tili" maqomi berilgan kun munosabati bilan "Ona tilim jon-u dilim" nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbirda klub a`zolaridan tashkil topgan "Zukkolar" va "Adabiyotshunoslar" jamoalari 5 ta shart bo‘yicha o`zaro bellashishdi. Tadbir juda ham qizg'in va bahs-munozalarga boy bo'ldi va yakunda "Zukkollar" jamoasi g‘oliblikni qo`lga kiritdi.