"Ona tilim-g`ururim, faxrim" nomli davra suhbati
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi, Respublika ma'naviyat-ma'rifat markazi Do‘stlik tuman bo'limi hamda tuman hokimligi ishtirokida O`zbek tili bayrami munosabati bilan "Ona tilim-g`ururim, faxrim" nomli davra suhbati bo`lib o`tdi. Tadbirda Do`stlik tuman ma'naviyat-ma'rifat markazi raisi Muhammad Ismoilov,tuman hokimining davlat tili bo`yicha maslahatchisi M.Qudratova va Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi direktori B.Karimovlar so`zga chiqib o`zbek tilining boy ma`naviy merosi, paydo bo`lish tarixi va bu tilda ijod etgan mutafakkir allomalar, yozuvchi-shoirlar haqida ma`lumotlar berib o`tdilar va barcha ishtirokchilarni til bayrami bilan qutladilar.