"Ona tilim faxrim mening" nomli badiiy musiqiy kecha tashkil qilindi.
Joriy yilning 21-oktyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda Manas MFY dagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamkorligida "Kitobsevar millat" shiori ostida "Ona tilim faxrim mening" nomli badiiy musiqiy kecha tashkil qilindi. Bugungi bayramda biz do'stlik , totuvlik va mehr- oqibat ramzi bo'lgan bayramni nishonladik. Har bir xalqning eng katta boyligi bu uning tili va madaniyati. Til- bu yurakning ovozi , millatning ruhi, insonlar o'rtasidagi ko'prikdir. Bugungi tadbirda o'quvchilar sahnada qo'shiq kuylashdi, raqs tushdi va she'r o'qishdi -bu esa yurtimizda tinchlik totuvlikning yorqin ifodasidir. Bugungi tadbirimiz orqali do'stlik rishtalarini yanada mustahkamladik.Shu bilan birga o'quvchilarga tilimizni ardoqlash, ona tilimizga hurmat bilan qarash kerakligi ta'kidlandi. Tadbir davomida 67 nafar o'quvchi ishtirok etishdi.



