"Ona tiliga ehtirom" nomli davra suhbati
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida 14-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida "Ona tiliga ehtirom" nomli davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbati davomida O`zbek tilining boy tarixi, bu ona tilimizda ijod etgan buyuk mutafakkir allomalar, shoir-u yozuvchilar hayoti va ijodi haqida ma'ruzalar qilindi. Ushbu davra suhbatida o‘quvchilar qiziqish bilan ishtirok etib, o`zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldi. Tadbir barchaga birdek manzur bo`ldi.