“Omadli kitobxon” loyihasining may oyi g‘oliblari aniqlanib, tantanali ravishda e’lon qilindi.
Joriy yilning 30-aprel sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Omadli kitobxon” loyihasining may oyi g‘oliblari aniqlanib, tantanali ravishda e’lon qilindi.
📚Respublika ma'naviyat va marifat markazi Do'stlik tuman bo'linmasi raxbari M.Ismoilov hamkorligida Loyiha doirasida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan kitobxonlar J.Yusupov va D.Xolbo'tayeva munosib rag‘batlantirilib, ularga maxsus Diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
💎Shuningdek, ular barcha tengdoshlarini ushbu loyihada faol ishtirok etishga, axborot-kutubxona markaziga muntazam tashrif buyurib, kitob mutolaasi orqali bilimlarini boyitishga chorladilar.
Mazkur loyiha yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


