"Omadli kitobxon" loyihasining g`oliblari Axborot-kutubxona markazi tomonidan diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi.
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish,aholi va yoshlarni kitob mutolaasiga jalb qilish hamda bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish maqsadida Do`stlik tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan mart oyida "Omadli kitobxon" loyihasining navbatdagi soniga start berilgandi. Bugun mart oyining so`nggi kuni loyiha o`z yakuniga yetdi va g`oliblar mahallalar kesimida aniqlandi. "Omadli kitobxon" loyihasining g`oliblari Axborot-kutubxona markazi tomonidan diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi. Aprel oyining ilk kunidan "Omadli kitobxon" loyihasiga yana start beriladi. Siz ham loyihada ishtirok eting va g`oliblikni qo`lga kiriting!