«OMADLI KITOBXON» LOYIHASI DAVOM ETMOQDA!
«OMADLI KITOBXON» LOYIHASI DAVOM ETMOQDA!
📖 Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazida «Omadli kitobxon» loyihasi doirasida qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatdagi jarayonlar davom etmoqda.
🎟 Kitobxonlarimiz loyihada faol ishtirok etib, jetonlar solib, o‘z omadlarini sinab ko‘rmoqdalar. Har bir jeton — kitobxonlar uchun yangi imkoniyat, yangi taassurot va quvonchli lahzalar sari qadam! ✨
Eng muhimi, loyiha kitobxonlarni kutubxonaga yanada ko‘proq jalb etish, mutolaa madaniyatini oshirish va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
📚 Kitob o‘qing, loyihalarda faol qatnashing va balki navbatdagi omadli kitobxon aynan SIZ bo‘larsiz!

