“Oltin Vodiy" mahalla Telegram guruhida “Kim? Nima? Qachon? Qayerda?” nomli onlayn intellektual viktorina tashkil etildi.
Kim? Nima? Qachon? Qayerda? 📚
Joriy yilning 11-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Oltin Vodiy" Telegram guruhida “Kim? Nima? Qachon? Qayerda?” nomli onlayn intellektual viktorina tashkil etildi.
Viktorina davomida ishtirokchilar o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazib, qiziqarli savollarga tezkor va aniq javob berish bo‘yicha bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Elbek Nizamov eng ko‘p savollarga to‘g‘ri javob berib, viktorinaning g‘olibi deb topildi.
🏆 G‘olibni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi intellektual tanlovlarda ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!
📖 Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi barchani bilim va kitobxonlikka chorlovchi loyihalarda faol ishtirok etishga taklif etadi. 
