" OLTIN KUZ TUHFASI "nomli she'riyat kechasi
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan INFOLIB "O‘ZBEKISTON-2022" XI Milliy Axborot-kutubxona haftaligining 2-kunidan o'rin olgan " OLTIN KUZ TUHFASI "nomli she'riyat kechasi tashkil etildi. 18 - maktabning 10 - sinf o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda dastlab o'zbek adabiyotining she`riyat olamiga hissa qo`shgan shoir yozuvchilar hayoti haqida ma`lumotlar berilib, so`ngra AKM xodimlari tomonidan konvertlarda yashiringan she'r matnlarini yig‘ish, adiblar hayotidan savol-javoblar va bahribayt shartlari o‘tkazildi. Qizg`in bahs munozaralarga boy bo`lgan tadbirda barcha faol ishtirok etgan o`quvchilarga sovg`alar tuhfa etildi.