" Olam nurga to'lsin, sen bilan NAVROʻZ! " shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Navroʻz – yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun – Yangi yil, ya'ni Navroʻz bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi. Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar oʻtkazishgan. Shu munosabat bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida " Olam nurga to'lsin, sen bilan NAVROʻZ! " shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda 9 - 11 - 15 - maktabning faol kitobxon oʻquvchilardan tuzilgan jamoalari 4 ta shart bo'yicha oʻzaro bellashishdi. Bellashuv juda qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi. Tadbir soʻnggida o'zlarining faolligi zukkoligi bilan ajralib turgan 9 - umumiy o'rta ta'lim maktabining "O'zbegim" jamoasi 1 - o'rinni egallashdi va AKM tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar