"Oilamiz kitobxon" shiori ostida kitobxonlik tadbirlarini tashkil qildi.
Joriy yilning 26-noyabr kuni Do`stlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari Mevazor mahallasida barpo qilingan Sohil bo`yi dam olish maskanida "Oilamiz kitobxon" shiori ostida kitobxonlik tadbirlarini tashkil qildi.Ushbu tadbir ochiq osmon ostida sohil bo`yida yig`ilgan aholi va yoshlar ishtirokida o`tkazildi.Tadbirlar avvalida kutubxona haqida ma`lumotlar berildi.Shundan so`ng yoshlar bilan maqol aytish,siz kimlarni taniysiz?she`riy aytishuvlar tashkil qilindi.Tashkil qilingan tanlovlarda 13-maktabning o`quvchilari faol qatnashib Jumabekova Gulrux hamda Anorboyev Shoxruzlar kutubxona tomonidan faol ishtirokchi sifatida taqdirlandi.Sohil bo`yida kitobxonlik tadbirlaridan tashqari yana bir qancha ko`rgazmalar ham tashkil qilindi.



