"Oilam uchun kitoblar" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan "Farovon oila sari" shiori ostida aholi uchun "Oilam uchun kitoblar" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Koʻrgazmaga 30 ga yaqin oila mavzusi yoritilgan yangi adabiyotlar qoʻyildi va aholiga ushbu asarlar oʻqish uchun tavsiya etildi. Asarlardagi eng yorqin jihatlar, mazmun mohiyati haqida ham maʼlumotlar berildi.




