Odil Yoqubov tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 22-sentabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida o‘quvchilarga adibning hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi hamda uning mashhur asarlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yozuvchining «Muzqaymoq» hikoyasi mazmuni so‘zlab berilib, uning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritildi.
✨ Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, adabiyotga mehr uyg‘otish hamda milliy adabiyotimiz namoyandalarining boy merosini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.


