Ochiq osmon ostida yosh kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida faol kitobxonlar ishtirokida ochiq osmon ostida " Kitobsevar millat " shiori ostida " Kitob va kitobxonlik inson ma'naviyatining ko'zgusi " nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida kitobxonlar o'zlari o'qigan asarlari haqida fikr almashishdi. Qolaversa QR kodli kitoblar ko'rgazmasi ham tashkil qilinib, undan foydalanish qoidalari haqida o`quvchilarga tushuntirildi.