"Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida yangi adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil qilindi.
Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14-umumiy o`rta ta`lim maktabida "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida yangi adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil qilindi. Kutubxonadagi eng sara qiziqarli badiiy adabiyotlar bilan bezatilgan mazkur ko`rgazmada maktab o`quvchilari va o`qituvchilari bevosita ishtirok etib, o`zlari yoqtirgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishishdi va fikrlar almashishdi.