"Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida yangi adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil qilindi.
Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilari ishtirokida "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida yangi adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil qilindi. Mazkur ko`rgazmaga kutubxona fondidagi yangi turkiy adabiyot durdonalaridan bir qator adabiyotlar hamda o`quvchilar uchun qiziqarli badiiy asarlar jamlangan kitoblar qo`yildi. Ko`rgazma davomida AKM mutaxassisi tomonidan Turkiy adabiyot durdonalari haqida o`quvchilarga tushunchalar berib o`tildi va o`qish uchun kitoblar tavsiya qilindi.