"Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar ko`rgazmasi tashkil qilindi.
Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholini kitob mutolaasiga qiziqtirish hamda yangi adabiyotlar bilan tanishtirish maqsadida "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar ko`rgazmasi tashkil qilindi. Ushbu ko`rgazmaga tashrif buyurgan kitobxonlar o`zlari uchun qiziqarli bo`lgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishishdi va fikrlar almashishdi. Aytish joizki, bunday kitobxonlik targ`ibot tadbirlari tashkil qilinayotgani aholi va yoshlarni kitobga bo`lgan qiziqishini tom ma`noda oshirmoqda desak adashmagan bo`lamiz.