"Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar ko`rgazmasi tashkil qilindi.
Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Ixtisoslashtirilgan maktab hovlisida "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar ko`rgazmasi tashkil qilindi. Mazkur ko`rgazmaga kutubxona fondidagi eng qiziqarli badiiy, ilmiy va turli yo`nalishdagi adabiyotlar qo`yildi. Unda maktabning ishchi xodimlari hamda o`quvchilar bevosita ishtirok etib, o`zlari uchun qiziqarli kitoblar bilan tanishib chiqishdi va fikrlar almashishdi. Aytish joizki, bunday kitobxonlik targ`ibot tadbirlari tashkil qilinayotgani aholi va yoshlarni kitobga bo`lgan qiziqishini tom ma`noda oshirmoqda desak adashmagan bo`lamiz.