"Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi doirasida navbatdagi tadbir va kitob ko'rgazmasini Markaziy stadionda tashkil qildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi doirasida navbatdagi tadbir va kitob ko'rgazmasini Markaziy stadionda tashkil qildi.Kutubxona xodimlari tadbir avvalida kutubxona haqida ma'lumot berib o'tdilar.Shundan so'ng tadbir ishtirokchilarining o'qib chiqqan sevimli asarlari haqida savol-javob o'yinlari o'tkazildi.Ko'rgazmadan joy olgan kitoblar bilan tanishib kutubxonada yana qanday turdagi kitoblardan olib o'qishlari mumkinligi haqidagi savollariga javob oldilar.Ko`rgazmadan joy olgan turli xil adabiyotlar ularga manzur bo'ldi. "Ayiqvoy Osetti", "Ityurak" asarlari kutubxonchilar tomonidan sharhlab berildi.Tadbirni tashkil qilishda yaqindan yordam bergan tuman sport maktabi ma`muriyatiga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz.