"Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi doirasida navbatdagi kitob ko'rgazmasini tashkil qilishdi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi doirasida navbatdagi kitob ko'rgazmasini tashkil qilishdi.Kutubxona xodimlari tadbir avvalida kutubxona haqida ma'lumot berib o'tdilar.Shundan so'ng ishtirokchilar ko'rgazmadan joy olgan kitoblar bilan tanishib kutubxonada yana qanday turdagi kitoblardan olib o'qishlari mumkinligi haqidagi savollariga javob oldilar.Ko'rgazmadan joy olgan turli xil adabiyotlar ularga manzur bo'ldi. Bolalar adabiyoti va katta yoshdagilar uchun kitoblarning farqi nimada ekanligi haqida aytib otilib, ularning yoshiga mos kitoblar tavsiya qilindi. Bo'sh vaqtni mazmunli otkazishda kitoblarning o`rni beqiyos ekanligi tushuntirib berildi.