"Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi asosida kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan katta magistral yo'lda joylashgan bekatda "Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi asosida kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi. Kitoblar ko'rgazmasiga qiziqarli kitoblar qo'yildi. Tuman aholisi va mehmonlarga kitoblar haqida ma'lumotlar berilib, o'qib chiqish tavsiya qilindi. Shuningdek kutubxonaga tashrif buyurib mutolaa uchun vaqt ajratishni taklif qilishdilar.