Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazining yangi binosida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.Yangi bino atroflariga ekilgan daraxt va gullar sug‘orildi,tozalash ishlari tashkillashtirildi.
Xalqimizda asrlar osha o‘z mazmun-mohiyatini yo‘qotmay kelayotgan ibratli qadriyatlar bor. Birdamlik, o‘zaro mehr-oqibat, saxovat, o‘zgalar og‘irini yengil qilishdek ezgu tushunchalarni o‘zida mujassam etgan ana shunday qadriyatlardan biri hashardir.
Hashardan so‘ng atrof o'zgacha fayzli va ko'rkam manzara kasb etdi.