• dostlik_akm@natlib.uz
  • +998 943481412
  • Jizzax viloyati Do'stlik tumani Axborot-kutubxona markazi
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • Virtual qabulxona
  • Foydalanish qoidalari
  • Bog’lanish
  • dostlik_akm@natlib.uz
  • +998 943481412
Jizzax viloyati Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazi
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • Rahbariyat
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona bo’limlari
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    • Bo'sh ish o'rinlari
    • Ish tartibi
    • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Yillik, choraklik ish reja va hisobotlar
  • Yangiliklar va tadbirlar
  • E`lonlar
  • Elektron kutubxona
  • Virtual ko`rgazma
  • +998 943481412
  • @dostlikakm_bot

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati


O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati
🗣Joriy yilning 5-avgust kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludi munosabati bilan Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Alfa Plus o‘quv markazi o‘quvchilari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni adibning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida O‘tkir Hoshimovning hayoti va sermazmun ijodi haqida batafsil ma'lumot berildi. Xususan, adibning "Dunyoning ishlari", "Ikki eshik orasi" va "Tushda kechgan umrlar" kabi mashhur asarlari tahlil qilinib, ularda insoniylik, mehr-oqibat, ota-onaga hurmat, Vatanga muhabbat, sadoqat va halollik kabi yuksak fazilatlar chuqur badiiy mahorat bilan yoritilgani alohida ta'kidlandi.
Tadbir davomida o‘quvchilar adib asarlaridan parchalar mutolaa qilib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan o‘z fikr va taassurotlarini bildirdilar. Savol-javoblar hamda erkin fikr almashish jarayoni davra suhbatining yanada mazmunli va qiziqarli ruhda o‘tishiga xizmat qildi.
Shuningdek, tadbir doirasida O‘tkir Hoshimovning asarlaridan tashkil topgan kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ishtirokchilar ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, adibning boy adabiy merosi haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.

Jizzax viloyati Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazi
+998 943481412 dostlik_akm@natlib.uz

Jizzax viloyati Do’stlik tumani G’.G’ulom mahallasi Ibn Sino ko’chasi 1-uy

Biz soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz

Kutubxona haqida
  • Kutubxona tarixi
  • Rahbariyat
  • AKM jamg'armasi
  • Tuzilma
  • O‘quv zallar
Kutubxona bo’limlari
  • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
  • Axborot-bibliografiya xizmati
  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
Kutubxona faoliyati
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Ish tartibi
  • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
  • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
  • Yillik, choraklik ish reja va hisobotlar
Yangiliklar va tadbirlar
E`lonlar
Elektron kutubxona
Virtual ko`rgazma
© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Do'stlik tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan