O'zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludiga bag'ishlab davra suhbati tashkil qilindi
O'zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludiga bag'ishlab Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tashkil etgan tadbirda Ultimatium Education o'quv markazining bilimdon o‘quvchi yoshlari qatnashdilar. Ushbu tadbirda shoirning hayot yo'li va ijodi haqida ma'lumot berildi, bilimdon yoshlar ham o'z fikrlarini bildirdilar. Usmon Azimning ,,Kuz" she'rlar to‘plami kitobidan ,,Daraxtlar gullagan‘‘ she‘ri hamda boshqa ko'plab she‘rlari aytib o'tildi, Tadbir barcha yoshlarga birdek manzur bo'ldi.