“O‘zbekiston — umumiy uyimiz” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
2026-yil 29-aprel kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratildi.
📚Ko‘rgazmada O‘zbekistonning boy tarixi, milliy qadriyatlari, madaniy merosi hamda ko‘p millatli jamiyatimizning o‘ziga xosligi haqida hikoya qiluvchi adabiyotlar o‘rin oldi. Kitoblar orqali mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va totuvlik muhitini yana bir bor his etish imkoniyatini ko`rishingiz mumkin.
