Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Gerbining 33 yilligiga bagʻishlab rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Joriy yilning 2- iyul sanasida Doʼstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2- maktab oʻquvchilari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Gerbining 33 yilligiga bagʻishlab rasmlar tanlovi tashkil etildi. Oʻquvchilar berilgan vaqt mobaynida oʻz qobiliyatlarini namoyon etib, davlat ramzi Gerbni turli hayoliy chizmalar bilan boyitib, oʻz qalamlari bila tasvirlashdi. Tanlov soʻngida eng faol qatnashgan iqtidorli oʼquvchilari maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi. Tanlovga 23 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi