O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i qabul qilingan kunning 33 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlaymiz.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqimizning boy tarixi, jasorati va ezgu intilishlarining ramzidir. U har bir yurtdoshimizga Vatanimizga bo‘lgan chuqur muhabbat va iftixorni his etish imkonini beradi. Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi barcha yurtdoshlarimizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etadi! Bayrog‘imiz doimo balandlarda hilpirab, yurtimiz shaʼni va shon-sharafini dunyoga yoyishda davom etsin!