O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo'yicha maslahat kengashining tashkil etilishi to'g'risidagi 73-sonli buyrug'ini mazmun mohiyatini muassasa xodimlariga tushuntirib beris
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo'yicha maslahat kengashining tashkil etilishi to'g'risidagi 73-sonli buyrug'ini mazmun mohiyatini muassasa xodimlariga tushuntirib berish bo'yicha mahorat darsi tashkil qilindi.Ushbu buyruqqa asosan maslahat kengashi qonuniylik, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlarini, jinsi bo'yicha kamsitilishiga yo'l qo'ymasligi, insonparvarlik, vatanparvarlik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida ish olib borishi nazarda tutilganligi aytib o'tildi. Xodimlarga buyruqda qayd etilgan masalalar yuzasidan aholi o'rtasida tushunchalar shakllantirish bo'yicha tavsiyslar berildi. Mahorat darsi Bibliografiya xizmati rahbari M.Raximova tomonidan tashkil qilindi.




