O‘zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy “Kasbiy tayyorgarlik” o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Joriy yilning 28-noyabr kuni, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy “Kasbiy tayyorgarlik” o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.Ushbu mashgulotda Do`stlik tuman axborot-kutubxona mutaxassislari ham zoom orqali online ishtirok etdilar.
Mashg‘ulotlarni Milliy kutubxona direktori U. Teshabayeva hamda mutaxassislar Turkiya va Germaniya davlatlarida xizmat safaridan olgan o‘z tajriba va xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, kutubxonachilarimiz xorijiy tajribalardan kelib chiqib, O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflarni ilgari surishdi.
Bunday uchrashuvlar kutubxona xodimlarining malakasini oshirish, tajriba almashish va zamonaviy innovatsiyalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.



