"O'zbekiston bag'ri keng diyor" nomli ochiq osmon ostida kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish, saqlash va qayta ishlov berish xizmati xodimlari tomonidan "Bag'rikenglik haftaligi" doirasida "O'zbekiston bag'ri keng diyor" nomli ochiq osmon ostida kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko`rgazmada Qahramon MFY dagi 11-umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari ishtirok etishdi. Ko'rgazma davomida Brayan Treysining "Liderlar shaxsiyati" kitobi taqdimot qilinib, asar borasida sharhlar berib o'tildi.