"Oʻzbek tili xalqimizni birlashtiradigan qudratli kuchdir" shiori ostida "Eng qadimiy,eng boy ona tiimdir" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.
Joriy yilning 21-25-oktabr kunlari “INFOLIB O’ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot- kutubxona haftaligi va “Yangi O’zbekiston kutubxonachilari-yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!” Yosh kutubxonachilar-IV forumi o‘tkazilmoqda. Ushbu haftalik doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Davlat tili" qabul qilinganligining 35-yilligi munosabati bilan 2- umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda "Oʻzbek tili xalqimizni birlashtiradigan qudratli kuchdir" shiori ostida "Eng qadimiy,eng boy ona tiimdir" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.Tanlovda inshonlarni eng chiroyli xusnixat va mazmunli yozgan 3 nafar o'quvchilar g'olib deb topildi.Tanlov g'oliblari axborot-kutubxona markazining diplomi va estalik sovg'asi bilan taqdirlandi.Tanlovda 22 nafar oʻquvchilar ishtirok etishdi.