"O`ZBEK TILI MILLIY O`ZLIGIMIZ VA MUSTAQIL DAVLATCHILIGIMIZ TIMSOLI"
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi ''O`ZBEK TILI BAYRAMI'' kuni munosabati bilan Do`stlik tuman davlat soliq inspeksiyasi bo`limi bilan hamkorlikda tadbir tashkil qildi.
Tadbirda soliq bo`limining barcha mutaxassis ishchi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda o`zbek tili tarixi va sohadagi amaliy ishlar sharofati bilan o`zbek tili nafaqat mamlakatimizda,balki jahon miqyosida ham o`zining munosib o`rni va mavqeiga ega bo`lib borayotgani haqida aytib o`tilib, tilimiz bilan bog`liq bo`lgan eng aniq faktlar ,ma`lumot o`rnida aytib o`tildi.Ko`rgazmaga qo`yilgan kitoblar haqida ham ma`lumotlar berildi.
Tadbirda ishtirokchilarni o`zbek tilimiz haqida qanchalik bilimga ega ekanliklari 2 ta shart asosida sinovdan o`tkazildi.Berilgan topshiriqlarni to`g`ri va aniq bajargan 1-jamoa g`olib bo`ldi.O`zbek tiliga bag`ishlangan tadbir yuqori saviyada bo`lib o`tdi.