“O‘zbek tili — barchamizni birlashtiradi” shiori bilan ochiq osmon ostida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
O‘zbek tili — millatimiz faxri, xalqimizning bebaho boyligi va ma’naviyatimizning asosi hisoblanadi.Kitob esa shu tildagi bilim va ma’naviyat xazinasi, inson tafakkurining eng go‘zal mevasi sanaladi.Shu munosabat bilan Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “O‘zbek tili — barchamizni birlashtiradi” shiori bilan ochiq osmon ostida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Ushbu koʻrgazmaga faol kitobxonlar jalb etilib, o‘zbek tilida chop etilgan badiiy, ilmiy va ma’rifiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Ko‘rgazma orqali yoshlar o‘zbek adabiyotining boy merosi, yozuvchi va shoirlarimizning ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Ko’rgazmaga 24 ta kitob qo’yildi va 12 nafar o’quvchi qatnashdi.