“O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” nomli Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.
“O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” nomli Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Do‘stlik tumani hokimligi hamkorligida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazida tumanimizdagi nufuzli tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” nomli Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda kechgan intellektual o‘yinda jamoalar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari hamda zukkoliklarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Do‘stlik tuman elektr ta’minoti tashkiloti jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Do‘stlik tumani davlat arxivi jamoasi.
Musobaqa g‘oliblari Do‘stlik tumani hokimligining qimmatbaho sovg‘alari hamda diplomlari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbir davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish, o‘zbek tilining nufuzini mustahkamlash, jamoalar o‘rtasida hamjihatlikni rivojlantirish hamda intellektual salohiyatni oshirishga xizmat qildi.
O‘zbek tili — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va barchamizni birlashtiruvchi bebaho qadriyatdir!




