"O'zbek tili barchamizni birlashtiradi" mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
Joriy yilning 15-oktyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 21-oktyabr til bayrami munosabati bilan kutubxonaga tashrif buyuruvchi kitobxon o'quvchilar ishtirokida "Kitobsevar millat" shiori ostida "O'zbek tili barchamizni birlashtiradi" mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. Dastlab markaz xodimlari tomonidan tilimiz mustaqil davlat ramzlaridan biri ekanligi, uni asrash va rivojlantirish har bir fuqaroning burchi ekanligi alohida ta'kidlandi hamda o'zbek tiliga bag'ishlangan kitoblar ko'rgazmasi tanishtirildi. Shundan soʻng Ishtirokchilar ona tilimizning boyligi, go'zalligi, tarixiy ildizlari va uni asrab avaylash zarurati haqida yurakdan yozilgan, mazmunan chuqur insholar bilan qatnashishdi. Tadbir soʻnggida Salimov Jahongir faxrli 1-o'rinni egalladi va kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliq va kitob sovg'alari bilan taqdirlandi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodda ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg'ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.Tadbirda 10 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etishdi.




