"O`zbek romanchiligining asoschisi" mavzusida davra suhbati hamda kitoblar ko`rgazmasi tashkil qilindi.
Do`stlik tuman Axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida A.Qodiriy tavalludining 129 yilligi munosabati bilan "O`zbek romanchiligining asoschisi" mavzusida davra suhbati hamda kitoblar ko`rgazmasi tashkil qilindi. 1-14-18-20- maktab hamda ixtisoslashtirilgan maktab o`quvchilari ishtirok etgan tadbirda Akm mutaxassisi B.Sattorov bizning sevimli adibimiz hayoti hamda ijod yo`lidagi murakkab fojeali tarixiy qismati, betakror ma`naviy me`rosi haqida so`zlab berdi. Shuningdek davra suhbatida yozuvchining ko`rgazmaga qo`yilgan asarlari haqida ham batafsil ma`lumotlar aytib o`tildi. Tadbirda 32 nafar ishtirokchilar qatnashdi.