“O‘zbegimning ardoqli shoirlari” nomli she’riyat kechasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Joriy yilning 15-aprel sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazida 1-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “O‘zbegimning ardoqli shoirlari” nomli she’riyat kechasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur adabiy-badiiy tadbir yosh avlod qalbida she’riyatga bo‘lgan muhabbatni oshirish, milliy adabiyotimizning nodir namunalarini targ‘ib etish hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-qizlar o‘z ijodiy chiqishlari bilan faol ishtirok etib, she’riyatga bo‘lgan qiziqish va iste’dodlarini namoyon etdilar. Kecha davomida Muhammad Yusuf hamda Zulfiya qalamiga mansub she’rlardan parchalar ifodali o‘qilib, tinglovchilarga yuksak estetik zavq ulashdi.
Shuningdek, yosh shoir qizlar o‘zlari yozgan she’rlaridan namunalar taqdim etib, o‘z ijodiy salohiyatlarini keng jamoatchilikka namoyish etdilar. Ularning chiqishlari tadbirga o‘zgacha ruh va samimiyat bag‘ishladi.
She’riyat kechasi ishtirokchilar va mehmonlarda katta taassurot qoldirib, barchani badiiy so‘zning sehrli olamiga yana-da yaqinlashtirdi.



