“O‘zbegimning ardoqli shoirlari” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 15-aprel bahoriy kunlarida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tashkil etilgan kitobxonlar uchun yuksak ma’naviy ozuqa va estetik zavq bag‘ishlaydigan “O‘zbegimning ardoqli shoirlari” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi adiblarning sara asarlari munosib o‘rin oldi. Ularning bebaho ijodi orqali Vatanga muhabbat, insoniylik, ezgulik, fidoyilik hamda yuksak ma’naviyat g‘oyalari keng targ‘ib qilinmoqda.
Mazkur ko‘rgazma kitobxonlar uchun nafaqat kitob mutolaasiga qiziqishni oshirish, balki yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash, ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


