Oʻzbegim qizlari" nomli tanlov o`tkazildi
Joriy yilning 6-mart sanasida Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan "Sen muqaddassan muqaddas ayol" shiori ostida "Oʻzbegim qizlari" nomli tanlovda 18-maktabining Bahor qizlari, 2-maktab Balli qizlari,14-maktabining Orasta qizlari, 1-maktabining Xon atlas qizlari jamoalari 4 ta shart asosida oʻzaro bellashishdi. Tanlovda milliylikni va kitobxonlikni targʻib etuvchi shartlar asosida har bir jamoa oʻz chiqishlarini namoyish etishdi. Qizgʻin bahs munozaraga boy boʻlgan ushbu tanlovda 18-maktabning "Bahor qizlari" jamoasi 1-oʻrinni, 2-maktabning "Balli qizlar" jamoasi 2-oʻrinni, 14-maktabning "Orasta qizlari" jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.Tanlov yakunida har jamoaga diplom va estalik sovgʻalari topshirildi.Ushbu tadbirga 20 nafar oʻquvchilar yoshlar jalb etildi.