O'z yo'lingni o'zing tanla
Do'stlik tumani Axborot-kutubxona markazida 26-iyun "Giyohvandlikka qarshi kurashish kuni " munosabati bilan faol kitobxon o'quvchilari o'rtasida "O'z yo'lingni o'zing tanla" nomli rasmlar tanlovi tashkil qilindi.Tanlovda kitobxonlar o'z tasavvurlarida aks etgan mavzuga xos bir-biridan ajoyib rasmlar ishlashdi.Tadbirda o'zining juda ajoyib rasmi bilan Xudoyorova Gulhayo Fayzixo'jaev Shodmonxo'ja va Jumanovlar ajralib turdi, va tanlov g'olibi bo'ldi. G'oliblar estalik sovg'alar bilan rag'batlantirildi. Tanlov barcha ishtirokchilarga birdek manzur bo‘ldi.