" O'tkir qalam sohibi " nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi talabalari ishtirokida "Bir adib haqida suhbat" shiori ostida Said Ahmad tavvaludi munosabati bilan " O'tkir qalam sohibi " nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida Said Ahmadning hayot yo`li va uning asarlari haqida ma'lumotlar berildi va talabalar o`zlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar.