O'tkir Hoshimovning "Bahor qaytmaydi" asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida O'tkir Hoshimovning "Bahor qaytmaydi" asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Dastlab tadbirda o‘quvchilarga yozuvchining hayoti va ijod yoʻli haqida ma'lumotlar aytib oʻtildi. Soʻng "Bahor qaytmaydi" kitobi taqdimot qilinib, asar mazmuni, undagi qahramonlar va ularning hayotiy kechinmalari haqida oʻquvchilarga toʻlaqonli tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek asar haqida oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.