"O`rgan va o`zgalarga o`rgat" nomli sayohat Nuroniylar jamg`armasi bilan hamkorlikda mahallalardan tashrif buyurgan fuqarolar ishtirokida tashkil etildi.
Joriy yilning 14-aprel sanasida Kitobxonlik haftaligi doirasida rejalashtirilgan "O`rgan va o`zgalarga o`rgat" nomli sayohat Nuroniylar jamg`armasi bilan hamkorlikda mahallalardan tashrif buyurgan fuqarolar ishtirokida tashkil etildi. Sayohatda kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, boy kitob fondi hamda turli xil qiziqarli adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat jarayonida kutubxonadan foydalanish qoidalari, elektron o`quv zalidan foydalanish tartibi tushuntirildi. qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berdilar.