"Oʻqiymiz va Oʻynaymiz" nomli qiziqarli viktorina intellektual oʻyini tashkil etildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 18 - umumiy òrta ta'lim maktabining kitobxon o'quvchilari ishtirokida "Oʻqiymiz va Oʻynaymiz" nomli qiziqarli viktorina intellektual oʻyini tashkil etildi. Qiziqarli oʻyinda bolalar bilan 3 ta shart asosida bellashuv tashkil qilindi. Oʻyin davomida qizgʻin bahs - munozaralar, qiziqarli savol - javoblar boʻlib oʻtdi. Bolalar juda ham katta qiziqish va faollik bilan ishtirok etdi. Bellashuvimizda 20 ta oʻquvchi qatnashdi.