"Oʻlkamning adiblari" nomli davra suhbati va quvnoq oʻyinlar tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi Bibliografiya xizmati xodimlari tomonidan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan faol kitobxon bolalar ishtirokida "Oʻlkamning adiblari" nomli davra suhbati va quvnoq oʻyinlar tashkil qilindi. Dastlab oʻquvchi yoshlarga Jizzax viloyatida tugʻilib oʻsgan yozuvchi, shoir-u mutafakkirlar haqida ma'lumotlar berib oʻtildi. Soʻng qiziqarli viktorina oʻyinlari tashkil qilindi. Ushbu davra suhbatida 20 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etdilar