" O'lkamizga xush kelding Navro'z " nomli davra suhbati tashkil etildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida 18- umumiy o'rta ta'lim maktabining 10-sinf o'quvchilari ishtirokida " O'lkamizga xush kelding Navro'z " nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida AKM xodimlari tomonidan milliy qadriyatlar haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek o'quvchilar tomonidan she'riy chiqishlar namoyish etilib, soʻng milliy qadriyatlar haqida savol-javoblar o'tkazildi.Tadbir barchaga birdek manzur boʻldi va 15 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi